1

O`zbekistonda yangi turdagi fotoradarlar ish boshlaydi

Jamiyat 21.11.2019, 14:12
O`zbekistonda yangi turdagi fotoradarlar ish boshlaydi

O`zbekistonda yangi turdagi fotoradarlar o`z ishini boshlash arafasida. 

10 ta Nexia rusumli avtomashinalar Germaniyaning “JENOPNIK Robot GmbH” nomli firmasida ishlab chiqarilgan zamonaviy tezlik o`lchash moslamalari bilan jihozlandi. Ushbu moslama sinovdan o`tkazish ishlari boshlanadi. Buning uchun esa ushbu moslamani ishlatishga jalb etiladigan yo`l patrul xizmati inspektorlari maxsus o`quv kurslarida tayyorgarlikdan o`tishadi hamda sinov imtihonlarini muvaffaqiyatli topshirganlar yangi texnologiya bilan ishlashga jalb etiladi.

Shuni aytish kerakki, avtomobilning tashqi oldi qismiga harakatda, shuningdek, stasionar tartibda ishlashga moslashtirilgan fotoradar kompleksi o`rnatilgan. Avtomobil saloniga esa 16 megapikselli foto kamera o`rnatilgan. Bu kompleks 1 tadan 6 tagacha harakat bo`laklari bo`lgan yo`llarda yo`nalish bo`ylab, qarama-qarshi yo`nalishda harakatlanayotgan va belgilangan tezlik talablarini buzgan transport vositalarining qoidabuzarligini avtomatik tarzda qayd etadi. Kompleks tarkibiga kiruvchi va avtomobilning oldi qismiga o`rnatilgan maxsus chiroq qorong`u va etarlicha ko`rinmaslik sharoitida avtomobil davlat raqam belgilarini tanib olishga yordam beradi.

Radar kompleksi soatiga 10 kilometrdan boshlab 250 kilometrgacha bo`lgan tezlik qoidabuzarligini 100 metr masofadan qayd etish imkoniyatiga ega. 

Avtomobil saloniga o`rnatilgan monitor yordamida radar kompleksining ishi uni boshqarayotgan yo`l-patrul xizmati inspektori tomonidan kuzatib boriladi.

Ushbu radar kompleksi dastlab sinov tariqasida, mavjud qonun va qoidalar talablari asosida tezlik talablarini buzish bilan bog`liq qoidabuzarliklarni aniqlashga jalb etiladi.

Ichki ishlar vazirligi tomonidan mobil kompleks avtotransport vositalari uchun turargoh hamda tegishli texnik inshootlarni tayyorlash va ta`mirlash ishlari nihoyasiga etkazilmoqda.

Shuningdek, joriy yil yakuniga qadar qo`shimcha mobil kompleks, stasionar uskunalar, ma`lumotlarni saqlash va qayta ishlash markazi qurilmalari keltirilishi hamda test rejimida ishga tushirilishi ko`zda tutilgan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1