AsosiyDunyo

IShID qurboni bo`lgan 27 nafar ayolga boshpana berildi

'IShID qurboni bo`lgan 27 nafar ayolga boshpana berildi'ning rasmi

 

Fransiya prezidenti Emmanuael Makron IShIDdan aziyat chekkan Yazidlik 100 ta oilaga Fransiyadan boshpana berishga va`da qilgandi. Bu haqda arabnews.comga tayanib xabar berilmoqda

20 noyabr kuni shu va`daga muvofiq Fransiyaga Iroqning Yazid hududidan 27 nafar  ayol etib keldi.  Bu ayollarning ba`zilari Iroqda jinsiy qullikda bo`lganlar va shu sabab Yazidiy jamiyatida o`z o`rinlarini topishda qiyinchiliklrga duch kelishgan. Frans Press bergan xabarga ko`ra, ularni Parij tashqarisidagi “Sharl de Goll” aeroportida Tashqi ishlar vazirligi vakili Erik Chevallier kutib oldi.

«Bu erda farzandlaringiz maktabga boradilar va siz do`stlar orttirasiz»,  dedi Chevallier Iroqdan kelgan qochoqlarga. «So`nggi besh yil ichidagi hayotimizni tasavvur qilish qiyin. Bugun Fransiya bizga yordam qo`lini cho`zmoqda, biz bundan minnatdormiz. Biz birinchi navbatda til o`rganish, bolalarimizni maktabga yuborish va fransuz madaniyati bilan tanishishimiz kerak», deydi qochoq  ayollardan biri Turko.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar