Professional boksning super o`rta (-76,2 kg) vazn toifasi vakili Bektemir Meliqo`ziev (3-0, 3 KO) dekabr oyida o`zining navbatdagi jangini o`tkazadi. Bu haqda GoSport.uz internet-nashri manbalari xabar bermoqda.
Unga ko`ra, Meliqo`ziev to`rtinchi jangi 13 dekabr kuni o`tkazilishi rejalashtirilmoqda. Unda bokschi WBA mintaqaviy chempionlik kamari uchun ringga ko`tariladi. Jang Kaliforniyada, Indio shahrida bo`lib o`tishi mo`ljallangan. Hozircha unga kim raqiblik qilishi ma`lum emas.
Oldinroq, unga fransiyalik sobiq jahon chempioni raqiblik qilishi xabar qilingandi xabar qilingandi. Ammo bu jang o`tkazilmaydigan bo`ldi. Endi u boshqa raqibga qarshi jang qiladi.
Eslatib o`tamiz, so`nggi marta Meliqo`ziev 2 noyabr kuni ringga chiqib, amerikalik Kley Kollardni (4-2-3, 1 KO) to`rtinchi raundda texnik nokaut evaziga mag`lubiyatga uchratgandimag`lubiyatga uchratgandi.