AsosiyJamiyat

Tanqiddan so`ng Oliy sud fermer xo`jaligining erini qaytarib berdi

'Tanqiddan so`ng Oliy sud fermer xo`jaligining erini qaytarib berdi'ning rasmi

O`z A saytida joriy yil 19 sentyabr kuni “Sudlar shunday deb tursa, yana qaerga borayin?!” ma`ola e`lon qilingan.
Ushbu maqolada Toshkent viloyati Quyi Chirchiq tumanidagi “Guliston agro fayz” fermer xo`jaligi namunali, ko`p tarmoqli xo`jaliklardan biri ekani, xo`jalik er maydoni tumanda klaster tashkil etilishi munosabati bilan joriy yil aprel oyida tuman hokimligi tomonidan noqonuniy tarzda olib qo`yilgani bayon qilingandi.

“Guliston agro fayz” fermer xo`jaligi rahbari A.Tursunxonovning mazkur sud qarorlaridan norozi bo`lib O`zbekiston Respublikasi Oliy Sudiga nazorat tartibida yozgan shikoyati 8 noyabr kuni Oliy sud Ma`muriy ishlar bo`yicha sudlov hay`ati tomonidan ko`rib chiqildi.

Ochiq sud majlisida Ma`muriy ishlar bo`yicha tuman va viloyat sudlari qarorlari, shuningdek, Quyi Chirchiq tumani hokimi qarorining “Guliston agro fayz” fermer xo`jaligi er maydonini zaxiraga olishga oid qismi bekor qilinib, fermerning arizasi qanoatlantirildi.

Ha, biroz kechikib bo`lsa-da, fermerning buzilgan huquqlari tiklandi, adolat qaror topdi. Holatga oid har ikki sud jarayoni – joriy yil 6 avgust kuni o`tkazilgan Ma`muriy ishlar bo`yicha viloyat sudi hamda 8 noyabrdagi Oliy sud Ma`muriy ishlar bo`yicha sudlov hay`atining sud jarayoni ishtirokchisi sifatida meni bir narsa taajjubga soldi. Sudlarda bitta ish – “Guliston agro fayz” fermer xo`jaligining er maydoni olib qo`yilishi bilan bog`liq holat ko`rib chiqildi. Ajablanarli tomoni, mazkur sudlar tomonidan qabul qilingan qarorlar bir-biriga zid bo`ldi.

 

    Boshqa yangiliklar