Qashqadaryo viloyat ichki ishlar boshqarmasi jinoyat qidiruv boshqarmasi korrupsiya va iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish bo`limi ma`lumotlariga ko`ra, Kasbi tumani Qo`riq qishlog`ida yashovchi, muqaddam sudlanmagan, 1995 yilda tug`ilgan B.A. qalbaki pullarni ishlab chiqarayotgani aniqlangan. Bu haqda darakchi.uz'ga Qashqadaryo viloyati hokimligi Matbuot xizmati rahbari ma`lum qildi.
Tumanning 36-umumta`lim maktabi Yoshlar ittifoqi etakchisi bo`lib ishlovchi B.A. tumandagi “Mug`lon” MFY hududidagi o`zi ijaraga olgan tikuvchilik sexida, turli xil kupyuradagi qalbaki pullarni ishlab chiqarayotganligi aniqlanib, undan 172 dona 50.000 so`mlik kupyuradagi pullar, rangli printerdan to`liq chiqarilmagan 84 dona 50.000 so`mlik kupyuradagi pullar, “EPSON” rusumli rangli printer va “LENOVO” rusumli noutbuk tegishli tartibda hujjatlashtirib olingan.
A.Bdan tegishli tartibda hujjatlashtirib olingan AV0304117 seriya raqamli 172 dona 50.000 so`mlik kupyura “Davlat belgilisi” korxonasida tayyorlanmaganligi va rangli purkagichli printer yordamida tayyorlanganligi ko`rsatilgan.
Mazkur holat yuzasidan Kasbi tumani ichki ishlar bo`limi tergov bo`limi tomonidan 2019 yil 19 noyabr kuni A.B nisbatan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda