MMA bo`yicha GFC 20 musobaqasidan oldin 22 noyabr kuni Toshkentda matbuot anjumani tashkil etiladigan bo`ldi.
Avvalroq ushbu tadbirning 21 noyabr, payshanba kuni bo`lishi, ammo uning ayrim sabablarga ko`ra qoldirilgani haqida xabar berilgandi. Tashkilotchilarning ma`lum qilishicha, Habib Nurmagomedov ishtirok etishi kutilayotgan ushbu marosim 22 noyabr, juma kuni soat 16:00 da Xalqaro forumlar saroyida tashkil etiladi.
Eslatib o`tamiz, 20 noyabr, chorshanba kuni GFC 20 musobaqasida jang qiladigan Umar Nurmagomedov va musobaqaning faxriy mehmoni Habib Nurmagomedov o`z jamoasi bilan Toshkentga etib kelgandi.