1

Fuqaroning pasporti qaerga yo`qolgan? IIB Migrasiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boshqarmasi javob berdi

Jamiyat 21.11.2019, 20:21
Fuqaroning pasporti qaerga yo`qolgan? IIB Migrasiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boshqarmasi javob berdi

Ijtimoiy tarmoqlarda “Bizda nega adolat qog`ozda va og`izda qolgan, nega amalda yo`q?!”  degan sarlavhasi bilan murojaat qilgan edi. 

Qashqadaryo viloyati IIB Migrasiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boshqarmasi ushbu murojaatni o`rganib, quyidagicha munosabat bildirdi. 

Aniqlanishicha, Berdialieva Umida Hasanovna 05.11.1989 yilda Kitob tumanida tug`ilgan, Kitob tumani Bektemir qishlog`ida pasport ro`yxatidan o`tgan. Fuqaro U.H.Berdialievaga 1989 yil 26 dekabr kuni berilgan tug`ilganlik to`g`risidagi guvohnomasiga asosan Kitob tumani IIB tomonidan 2007 yil 27 yanvar kuni  O`zbekiston Respublikasi fuqarolik pasporti rasmiylashtirib berilgan. Ushbu pasportini amal qilish muddati tugaganligi sababli, Kitob tumani IIB tomonidan 2015 yil 16 mart kuni biometrik pasportga almashtirilgan.  Fuqaro ushbu pasportini yo`qotganligi sababli 2017 yil 10 aprel kuni biometrik pasportga almashtirib berilgan.  Ushbu fuqarolik pasportini yaroqsiz holatga keltirganligi sababli 2019 yil 18 mart kuni  biometrik pasportga almashtirib berilganligi ma`lum bo`ldi.

Fuqaro U.H.Berdialieva xorijga chiqish biometrik pasportini olish uchun Shahrisabz shahar IIB M va FR bo`linmasiga 2019 yil 10 sentyabr kuni murojaat qilgan. Shu kuni elektron talabnoma shakllantirilib, 2019 yil 11 sentyabr kuni elektron kanal orqali vakolatli idoralarning fikr-mulohazasini olish uchun yuborilganligi, 2019 yil 15 noyabr kuni vakolatli idoralar tekshiruvni yakunlaganligidan so`ng, 2019 yil 17 noyabr kuni Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat personallashtirish markazi tomonidan fuqaro U.H.Berdialieva nomiga  xorijga chiqish biometrik pasporti yozilib, maxsus pochta orqali yuborilgan. 2019 yil 19 noyabr kuni fuqaro U.H.Berdialievaning xorijga chiqish biometrik pasporti fuqaroga taqdim etish uchun Shahrisabz shahar IIB Migrasiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo`linmasiga kelib tushganligi, shu kunning o`zida xorijga chiqish biometrik pasportini olib ketish to`g`risida fuqaro U.H.Berdialievaga SMS xabarnoma yuborilganligini ma`lum qilamiz.

Fuqaro U.H.Berdialievaning xorijga chiqish biometrik pasporti ichki ishlar organlariga bog`liq bo`lmagan sabablarga ko`ra belgilangan muddatda tayyor bo`lmaganligini ma`lum qilamiz. 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1