1

Dekabr oyidan “Tehron-Toshkent-Tehron” yo`nalishida aviaqatnovlar amalga oshiriladi

Jamiyat 21.11.2019, 21:04
Dekabr oyidan “Tehron-Toshkent-Tehron” yo`nalishida aviaqatnovlar amalga oshiriladi

Eron va O`zbekiston o`rtasidagi hukumatlararo kelishuviga muvofiq dekabr oyidan Zagros Airlines aviakompaniyasi “Tehron-Toshkent-Tehron” yo`nalishida muntazam qatnovlarni amalga oshirishi aytilmoqda.

Dastlabki bosqichda aviakompaniya haftasiga bir martadan parvozlarni amalga oshirishni rejalashtirmoqda. Keyinchalik parvozlar chastotasi haftasiga 2 martaga etkaziladi.  

Avvalroq O`zbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi «O`zaviasiya» agentligi Eron aviakompaniyasiga "Tehron-Toshkent-Tehron" yo`nalishida reyslarni amalga oshirish uchun ekspluatasiya ruxsatnomasini bergandi.

Zagros Airlines aviakompaniyasi O`zbekistonga parvozlarni Airbus A-320, McDonnell Duglas MD-82 va MD-83 samolyotlarida amalga oshiradi.

Eron aviakompaniyasi bosh qarorgohi Tehronda joylashgan bo`lib, u Obodon aeroportidan parvozlar bajaradi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1