1

Nima sababdan bedarak yo`qolganlar topilganida, e`lon qilinmaydi?

Jamiyat 21.11.2019, 21:17
Nima sababdan bedarak yo`qolganlar topilganida, e`lon qilinmaydi?

21 noyabr kuni ichki ishlar organlari faoliyatining ochiqligi va shaffofligini ta`minlash, shuningdek, OAV vakillari va aholi o`rtasida keng muhokamaga sabab bo`layotgan holatlarga munosabat bildirish maqsadida, IIV Axborot xizmati tomonidan O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Administrasiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikasiyalar agentligida matbuot anjumani tashkil etildi.

Anjumanda jurnalistlar tomonidan bedarak yo`qolganlar topilganida, e`lon qilinmasligi sababi so`raldi.

 Vazirlikning iiv.uz rasmiy veb-saytida respublikamiz bo`yicha bedarak yo`qolganlar haqidagi ma`lumotlar ro`yxat shaklida muntazam ravishda berib boriladi. Shu bilan birga bedarak yo`qolgan shaxslar topilgan taqdirda ularni mazkur ro`yxatdan o`z vaqtida chiqarib tashlash amaliyoti to`g`ri yo`lga qo`yilgan.

Shu o`rinda ta`kidlash joizki, joriy yilning o`tgan 10 oyi davomida PPX xodimlari tomonidan 131 nafar bedarak yo`qolgan shaxslar aniqlandi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1