1

Andijonda raqamli texnologiyalar o`quv markazlari tashkil etildi

Jamiyat 21.11.2019, 21:22
Andijonda raqamli texnologiyalar o`quv markazlari tashkil etildi

Hukumat tomonidan "Andijon viloyatida aholi, shu jumladan yoshlar o`rtasida kompyuter texnologiyalari va Internet jahon axborot tarmog`idan samarali foydalanishni tashkil etish chora-tadbirlari to`g`risida"gi qarori  qabul qilindi.

Qarorga muvofiq, Andijon viloyati tuman (shahar)larida yuridik shaxs tashkil etmagan holda Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik parki direksiyasining tarkibiy bo`linmasi shaklida raqamli texnologiyalar o`quv markazlari tashkil etildi.

Yoshlarga kompyuter dasturlash tillarini, robototexnika, axborot texnologiyalari va elektron tijorat asosida innovasion tadbirkorlik asoslarini o`rgatish markazlarning asosiy vazifalaridan biridir.

Shuningdek, viloyat umumta`lim maktablarida kompyuter texnologiyalari, kompyuter o`yinlari va kibersport bo`yicha to`garaklar tashkil etiladi.

To`garaklarning asosiy vazifasi yoshlarning bo`sh vaqtlarida kibersport hamda axborot texnologiyalariga qiziqishini oshirish, ushbu sohada ularga kasbiy ko`nikmalar berish kabilardan iborat.

Qarorga ko`ra, markazlar etakchi o`quv muassasalarining malakali mutaxassis, ekspertlarini o`quv mashg`ulotlarini o`tkazish uchun shartnoma asosida jalb qiladi.

Markazlarda yoshlar uchun qisqa muddatli bepul hamda chuqurlashtirilgan uzoq muddatli pulli o`quv kurslari tashkil etiladi.

Markazlarda davlat organlari va tashkilotlar xodimlari uchun ham pulli malaka oshirish kurslari tashkil etiladi.

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1