1

22 noyabr kuni vaqtincha elektr bo`lmaydigan hududlar ro`yxati bilan tanishing

Jamiyat 21.11.2019, 21:40
22 noyabr kuni vaqtincha elektr  bo`lmaydigan hududlar ro`yxati bilan tanishing

"Hududiy elektr tarmoqlari" ertaga 22 noyabr kuni ayrim hududlarda elektr energiyasida vaqtincha uzilish bo`lishidan xabardor etmoqda. 

Farg`ona viloyati. Oltiariq tumanining 75-transformator punktiga qarashli “Shalola” mahalla fuqarolar yig`ini aholisi yangi tarmoqqa ulanishi sababli, ushbu MFYda;

Toshloq tumanidagi 764-sonli transformatorga tegishli eski havo uzatmasi yangi tortiladigan havo uzatmasiga o`tkazilishi sababli, “Qanjirg`a” MFYda;

Uchkuprik tumanining 275-transformator punktining 10 KVli eski havo uzatmasi yangi havo uzatmasiga o`tkazilishi sababli “Yulg`unzor” MFYda;

Bag`dod tumanining Hamzaobod podstansiyasidan chiquvchi 10 kVli Hamza fideri 382-transformator punkti eski havo uzatmasidan yangi havo uzatmasiga o`tkazilishi sababli soat 09:00 dan 17:00 ga qadar “Oydinbuloq” MFYlarida elektr energiyasida ta`minotida vaqtincha uzilish bo`ladi.

Namangan viloyati. Namangan shahridagi “Olmazor” nimstansiyasida rejali mukammal ta`mirlash ishlari olib boriladi. Buning natijasida shu kuni soat 08:00 dan 17:00 ga qadar, Namangan shahrining “Yangitong”, “Davlatobod” va “Porloq” MFYlarida;

Mingbuloq tumanidagi “Gulbog`” nimstansiyasida rejali mukammal ta`mirlash ishlari olib boriladi. Buning natijasida shu kuni soat 08:00 dan 17:00 ga qadar, Mingbuloq tumanining “Alami” va “Beshserka”, “Qo`g`ali” va “Qizilqum” MFYlar hamda Pop tumanining “Yuksalish” va “Yakkatut” MFYlarida;

To`raqo`rg`on tumanidagi “Oqtosh” nimstansiyasida rejali mukammal ta`mirlash ishlari olib boriladi. Buning natijasida shu kuni soat 08:00 dan 17:00 ga qadar, To`raqo`rg`on tumanining “Oqtosh”, “Yuqori Mo`g`iltoy”, “Buramatut”, “Kalvak”, “Mozorko`xna”, “Beruniy”, “O`zbekiston”, “Saroy”, “Bozorboshi”, “Ermasjid” va “Qatag`on” MFYlarida;

Kosonsoy tumanidagi “Koson” nimstansiyasida rejali mukammal ta`mirlash ishlari olib boriladi. Buning natijasida shu kuni soat 08:00 dan 17:00 ga qadar, Kosonsoy tumanining “Gulobod”, “Tagijar”, “Xurriyat-1,2” va “Bomraxa” MFYlarida;

Uychi tumanidagi “Qizil Rovot” nimstansiyasida rejali mukammal ta`mirlash ishlari olib boriladi. Buning natijasida shu kuni soat 08:00 dan 17:00 ga qadar, Uychi tumanining “Ziyokor”, “Do`stlik” va “Yangier” MFYlarida;

Norin tumanidagi “To`da” havo elektr uzatish tarmog`i rejali mukammal ta`mirlash ishlari olib boriladi. Buning natijasida shu kuni soat 08:00 dan h 17:00 ga qadar Norin tumanining “Norinkapa”, “Soybo`yi”, “Xo`jaqo`rg`on”, “Istiqlol” va “Yangi Farg`ona” MFYlarida;

Chust tumanidagi “Axcha” havo elektr uzatish tarmog`i rejali mukammal ta`mirlash ishlari olib boriladi. Buning natijasida shu kuni soat 08:00 dan 17:00 ga qadar Chust tumanining “Zovudqand”, “Birlik” va “Ko`cha” MFYlar hududlarida iste`molchilarga elektr energiyasini etkazib berilishida vaqtinchalik uzilishlar bo`ladi.

Xorazm viloyati. Urganch tumanidagi “Shermatlar” mahallasi,

Shovot tumanining “Madaniyat”, “Arbob”, “Po`lat”, “Ijtimoyat”, “Qunduz”, “Tuproqqal`a”, “Hunarmand”, “Beshmargan”, “Yangi yo`l” mahallarida joriy ta`mirlash ishlari o`tkazilishi kutilmoqda. Shu sababli yuqorida keltirilgan hududlarda joriy yilning 22 noyabr kuni soat 9:00dan 18:00gacha elektr energiyasi ta`minotida vaqtinchalik uzilishlar bo`lishi mumkin. 

Yuqoridagilardan kelib chiqib, iste`molchilardan keltiriladigan noqulayliklar uchun uzr so`raymiz!

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1