1

Chimkentdagi qurilishda tom qulashi oqibatida 6 nafar o`zbekistonlik ishchi jarohat oldi

Dunyo 21.11.2019, 21:52
Chimkentdagi qurilishda tom qulashi oqibatida 6 nafar o`zbekistonlik ishchi jarohat oldi

Qozog`istonning Chimkent viloyatida qurilayotgan binoning tom to`siqlari va temir-beton devorlari qulab tushdi. Oqibatda olti nafar O`zbekiston fuqarosi jarohat oldi. Bu haqda «Informbyuro» xabariga tayanib "Daryo.uz" xabar bermoqda. 

Hodisa 21 noyabr, payshanba kuni mahalliy vaqt bilan soat 15:30 da Qoratov tumanining Sayram massivida yuz bergan. Tom va devor qulashi oqibatida olti nafar o`zbekistonlik ishchi jarohat olgan. Ular shahar kasalxonasiga joylashtirilgan. Ikki nafar ishchi jonlantirish bo`limiga yotqizilgan.

Hodisa joyiga odamlarni izlash uchun kinologiya bo`linmasi jalb qilingan. Vayronalar ostida qurbonlar va jabrlanganlar qolmagan.

Foto: Qozog`iston IIV Favqulodda vaziyatlar qo`mitasi

Qoratov tumani hokimi Abzal Aliqulov hodisa quruvchilik me`yorlari buzilgani sababli yuz berganini ma`lum qilgan.

Qayd etilishicha, qurilish loyihasiz va ruxsatsiz boshlangan. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo`zg`atilgan, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1