1

Markaziy Osiyoda birinchi bo`lib odam DNKsi sud-biologik ekspertizasi O`zbekistonda o`tkazilmoqda

Jamiyat 22.11.2019, 09:36
Markaziy Osiyoda birinchi bo`lib odam DNKsi sud-biologik ekspertizasi O`zbekistonda o`tkazilmoqda

 

Bu haqda O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Administrasiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikasiyalar agentligida bo`lib o`tgan matbuot anjumanida aytildi.

Ta`kidlanganidek, Prezidentimizning 2019 yil 17 yanvardagi “Sud-ekspertlik faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to`g`risida”gi qaroriga muvofiq amaliyotda ilk bor nodavlat tashkilotlar tomonidan sud-ekspertlik faoliyatini amalga oshirishning huquqiy asoslari yaratildi.

Qarorga asosan nodavlat sud-ekspertiza tashkilotlariga ham sud ekspertizalarining 44 turini o`tkazish huquqi berildi. Shuningdek, 2019-2020 yillarda sud-ekspertlik faoliyatini yanada takomillashtirish bo`yicha 25 banddan iborat “Yo`l xaritasi” tasdiqlandi va unga asosan sud-ekspertiza xizmatlari faoliyatining normativ-huquqiy bazasini takomillashtirish, amaliyotga yangi innovasion ishlanmalarni joriy etish, sud ekspertizalarining turlarini kengaytirish, ularning sifati va ishonchliligini oshirish, sud-ekspertlik faoliyatiga axborot- kommunikasiya texnologiyalarni joriy qilish, ixtisoslashtirilgan nodavlat sud ekspertiza tashkilotlarini rivojlantirish yo`nalishlari belgilandi.

– Markaz nafaqat mamlakatimizda, balki Markaziy Osiyoda nufuzli sud ekspertiza muassasasi hisoblanib, bugungi kunda keng tarmoqli markazga aylandi, – dedi Xadicha Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertizasi markazi direktori A.Xalilov. – Biz Markaziy Osiyoda birinchi bo`lib odam DNKsi sud-biologik ekspertizasini o`tkazishni yo`lga qo`ydik.

Ma`lumot uchun aytish joiz, X.Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertizasi markazi yangi, zamonaviy talablarga javob beradigan ixtisoslashgan binoda ish boshlagan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1