1

Prezident topshirig`i: O`zbekistonda uch darajali pensiya tizimi joriy qilinadi

Jamiyat 22.11.2019, 09:51
Prezident topshirig`i: O`zbekistonda uch darajali pensiya tizimi joriy qilinadi

 

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev 21 noyabr kuni aholini ijtimoiy muhofaza qilish sohasidagi ustuvor vazifalar muhokamasiga bag`ishlangan yig`ilish o`tkazdi.

Tadbirda ijtimoiy sug`urta tizimini isloh qilish, shuningdek, uch darajali pensiya ta`minoti tizimiga o`tish orqali pensiya badalini to`lashdan manfaatdorlikni oshirish zarurligi ta`kidlandi. 

Bunda, birinchi darajada davlat minimal pensiya miqdorini belgilaydi. Ikkinchi darajada xodimning ish haqidan muayyan summa ushlanib, uning shaxsiy hisob-varag`ida to`planadi va Markaziy bank qayta moliyalashtirish stavkasidan kam bo`lmagan foiz hisoblab boriladi. Uchinchi darajada xodim pensiya jamg`armasiga ajratiladigan mablag` miqdorini o`zi belgilaydi.

Bu tizim qo`llanilsa, fuqaro kafolatli davlat pensiyasini olish bilan birga o`z xohishiga qarab, pensiya yoshida qancha pensiya olishini o`zi belgilash imkoniga ega bo`ladi.

Shu bois Moliya vazirligiga Jahon banki va nufuzli moliya tashkilotlari ekspertlari bilan hamkorlikda pensiya tizimini isloh qilish konsepsiyasini ishlab chiqish, shuningdek, ijtimoiy sug`urta turlarini qayta ko`rib chiqish bo`yicha topshiriqlar berildi. 

Davlatimiz rahbari hozirgi tizimni “shok terapiyasi” usulida isloh qilish aholining har xil qatlamiga turlicha ta`sir etishini alohida ta`kidlab, mutasaddilarga 2030 yilgacha aholini ijtimoiy muhofaza qilish strategiyasini ishlab chiqish bo`yicha ko`rsatmalar berdi. Buning uchun 2020 yil birinchi yarmi yakunigacha aholini ijtimoiy muhofaza qilish bo`yicha yangi tizimni har bir hududda eksperimentdan o`tkazish vazifasi qo`yildi. 

Yolg`iz keksalarni ijtimoiy qo`llab-quvvatlash, yashash joyi bo`lmagan shaxslarni reabilitasiya qilish markazlari faoliyatini takomillashtirish masalalariga ham e`tibor qaratildi. 

Ma`lumot uchun:So`nggi ikki yilda ijtimoiy nafaqa oladiganlar soni 1,3 baravarga, nafaqa miqdori 2 baravarga oshirilgan, ishlayotgan pensionerlarga pensiyani to`liq to`lash tartibi joriy qilingan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1