1

Ayni paytda Jizzaxda OTMga qabul bo`layotganligi holatiga vazirlik aniqlik kiritdi

Jamiyat 22.11.2019, 10:20
Ayni paytda Jizzaxda OTMga qabul bo`layotganligi holatiga vazirlik aniqlik kiritdi

Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi Matbuot xizmatining darakchi.uz'ga ma`lum qilishicha, so`nggi kunlarda yurtdoshlarimizdan Jizzax shahrida Rossiya Federasiya bilan hamkorlikda yangi oliy ta`lim muassasasi tashkil etilgani va unga abiturientlardan hujjat qabul qilinayotgani haqida ko`plab murojaatlar kelib tushib, shu to`g`risida ma`lumot so`ralmoqda. 

Jizzax viloyatida uchta oliy ta`lim muassasasi: Jizzax davlat pedagogika va Jizzax politexnika institutlari hamda O`zMUning Jizzax filiali faoliyat ko`rsatadi. Mazkur oliy ta`lim muassasalarida yurtimizdagi barcha oliy o`quv yurtlarida kabi qabul jarayoni yakunlangan.

Bugungi kunda O`zbekistonda 116 ta (95 ta mahalliy, 21 ta xorijiy) oliy ta`lim muassasasi mavjud bo`lib, ulardan birortasida ham qabul jarayoni olib borilmayapti. 

Fursatdan foydalanib, hamyurtlarimizga mamlakatimizda tashkil qilinayotgan yangi oliygohlar, sohaga oid eng so`nggi va tasdiqlangan ma`lumotlar bilan vazirlikning rasmiy telegram kanali- @eduuz(https://t.me/eduuz)orqali tanishib borishni tavsiya qilinadi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1