Toshkent shahar IIBB Toshkent haydovchilariga O`ZLARINI SINAB KO`RIShLARINI taklif qildi.
Bir kun davomida biror marta ham sababsiz signal bermaslik qo`lingizdan keladimi? Faqat sabablarga jiddiy munosabatda bo`lib, avariyaviy holatlarni o`zingiz keltirib chiqarmasligingiz sharti bilan.
"Yurtimizga ilk bor tashrif buyurgan chet elliklar «Yo`llaringizda namuncha shovqin!», deb ajablanishadi. Avtomobilʼ boshqarganda esa to`xtovsiz «bip-bip»dan fikrni bir joyga jamlash juda qiyin deydilar.
Ma`lum bir davlat aholisining madaniyatini haydovchilariga qarab bilib olish mumkin. Bizdagi aksariyat haydovchilarning harakatlarida hovliqish, agressivlik, o`zaro hurmatsizlik sezilib turadi. Ajablanarlisi shundaki, ushbu fakt ko`plab haydovchilarning o`zlari uchun ham noqulaylik tug`diradi, ular holatni o`nglash niyatida, ammo... nimadir xalal qiladi. Tinmas shovqindan noroziliklar tufayli shaharda bir qator hammaga yo`l berib, o`nga burilish mumkinligini anglatuvchi yo`l belgilari o`rnatildi, chunki yaqin atrofdagi uylarda yashovchi aholi uchun shovqinlar haqiqiy azobga aylandi. Haydovchilar kaftlari bilan rulning o`rtasini bosib, natijada o`zlari uchun noqulaylik tug`dirishlarining misollaridan biri shudir.
Telegram-guruhlarining birida «NAVIGATOR» tahallusi ostidagi ishtirokchi quyidagi xabar qoldirdi: «Men qishda Rostovda 5 kun bo`ldim. Har kuni meni bir kishi ishlarim bo`yicha mashinasida olib yurardi. 3-kuni hayolimda bir fikr o`rnashib qoldi, xuddi nimadir etishmayotgandek. Nimaligini tushuna olmasdim. Shu onda yon tomondagi mashina signal berdi. Hayron qoldim. Uch kun davomida signal ovozini eshitmagan ekanman. Umuman».
Bir nechta ishtirokchilar muhokamaga qo`shilishib, shaxsiy kuzatuvlari bilan o`rtoqlashishdi: «bizdagilar bekorga antiqa signallarni qidirishmaydi, malibu, karnay-surnay!», «Singlim RFda yashaydi, mehmonga kelganida u ham shu haqida gapirgandi. Aytishicha, agar ular tomonda sababsiz signal bersa, kaltak eb qolish ham mumkin ekan!». Boshqa bir ishtirokchi: «Svetoforda turgandik, yashil yonib qoldi. Oldinda turgan avtomobilʼ yurmayapti. Signal ber dedim. Yo`q, keyin bita bilan chiqadi, men esa old oynani almashtirishga majbur bo`laman, dedi»...
Albatta biz bezorilikni ma`qullamaymiz. Ammo boshqa yurtlarda haydovchilarning o`zlari boshqalardagi signal berish ishtiyoqini so`ndira olishlarini guvohi bo`lmoqdamiz. Avvalambor – ijtimoiy qoralash, bu tarzda boshqalar uchun noqulaylik keltirib chiqarish tarbiyasizlik ekanligini muntazam ravishda eslatib turish orqali.
Birinchi sharh muallifi davom etdi: “Odamlar signal berishmaydi. Ko`chalar tor. Ko`pi bilan ikki yo`lakli. Birinchisidan ikkinchisiga o`toqchi bo`lganingda «povorotnik»ni yoqsang, darhol o`tkazib yuborishadi. Odamlardagi haydovchilik madaniyati o`zgacha. Nima uchun signal berishmaydi deb so`radim. «Nima zarur?» – dedi haydovchim. Bizda esa sabab bo`lsa-bo`lmasa erinmasdan signal berishadi.”
O`zbekiston Respublikasi Ma`muriy javobgarlik to`g`risidani kodeksning 127-moddasiga muvofiq, tovush signalini sababsiz berish eng kam ish haqining bir baravari miqdorida jarima solishga sabab bo`ladi. Tegishli ruxsat olmay turib transport vositalariga tovush chiqaruvchi va yorituvchi maxsus qurilmalarni o`rnatish, xuddi shuningdek davlat raqam belgilarini ko`rish imkoniyatini cheklaydigan, ularni anglashga to`sqinlik qiladigan turli ashyolar o`rnatish va qoplama surtish – ana shu qurilmalarni musodara qilib, eng kam ish haqining besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo`ladi.
Haydovchilarimizdagi maqsadsiz signal berish odatini engish mumkinmi? Bizning shahrimizda tovush signalidan – yo`l harakatining boshqa ishtirokchilari bilan o`ziga xos tezkor aloqa vositasidek foydalanishadi. Bu shunchalik darajada odat tusiga kirganki, hatto signallardan charchagan inson ham o`zi bilmagan holda signal beradi.
Yo`l harakati qoidalarining 48-bandiga muvofiq: «Tovushli ishoralar faqat quyidagi hollarda qo`llanilishi mumkin: aholi punktlaridan tashqarida boshqa haydovchilarni quvib o`tish haqida ogohlantirish uchun; zarur bo`lgan hollarda yo`l-transport hodisasining oldini olish uchun». Bizda esa nima sababdan bo`lar-bo`lmasga signalni qo`llashadi? Aslida juda xavfli madaniyat shakllanib ulgurgan – signallar shunchalik odatiy bo`lib qoldiki, ba`zida, kun oxirida charchash oqibatida biz ularni odatiy tovushdek qabul qila boshladik. Shunday vaziyatda sizni g`ildiragingiz havo yo`qotayotgani, yukxona ochiqligi, avtomobilingizning davlat raqami yoki yukingiz tushib ketganligi haqida, yoki stop-signalingiz ishlamayotganligi haqida ogohlantirmoqchi bo`lishlari mumkin.
O`zingizni sinab, yo`llardagi holatni nazorat qilib ko`ring va muhokamaga qo`shiling: ushbu muammoni hal qilish muhimmi va qaysi echim eng afzal hisoblanadi?" — deyiladi murojaatda.