O`zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Usmonxon Alimov hazratlari va Din ishlari bo`yicha qo`mita raisi Abdug`ofur Ahmedov Qashqadaryo viloyatida diniy-ma`rifiy sohada olib borilayotgan ishlar bilan tanishish, imom-xatiblar bilan uchrashish maqsadida Qashqadaryo viloyatiga tashrif buyurdi.
21 noyabr kuni Qarshi shahridagi "Madaniyat saroyi"da viloyatdagi 182 ta jome masjid imom-xatiblari ishtirokida umumiy yig`ilish o`tkazildi. Mazkur yig`ilishda DIQ va O`MI Rahbariyati buyuk ajdodlarimiz Imom Buxoriy, Imom Termiziy, Abu Mo``in an-Nasafiylarning hayoti va asarlarini chuqur o`rganish, yosh avlodga etkazish, xalqimizga tushunarli tilda etkazish, imom-xatiblarning bilimlarini yanada oshirish yuzasidan o`zlarining kerakli ko`rsatma va topshiriqlarberdi. Shuningdek, tizimda olib borilayotgan ishlar tahlil qilindi, mavjud muammolar tinglandi.
Shu kuni DIQ raisi A.Ahmedov “Mehr-1” va “Mehr-2” insonparvarlik operasiyasi doirasida Suriyadan qaytgan fuqarolarning xonadonlariga tashrif buyurib, ular bilan suhbat o`tkazildi va moddiy yordamlar ko`rsatildi.






