AsosiyJamiyat

Xorazmning ikki tumanini rivojlantirishga bag`ishlangan qaror muhokamaga qo`yildi

'Xorazmning ikki tumanini rivojlantirishga bag`ishlangan qaror muhokamaga qo`yildi'ning rasmi

 Vazirlar Mahkamasining 2020-2022 yillarda Xorazm viloyatining Yangiariq va Gurlan tumanlari kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishi haqidagi tegishli qarorlar loyihalari muhokamaga joylashtirildi.

Hujjatlarga ko`ra, aholini toza ichimlik suvi bilan ta`minlash maqsadida yangidan «suv tozalash inshooti» tashkil qilish hamda oqava tizimi qurish uchun 2020-2022 yillarda Evropa tiklanish va taraqqiyot bankining har bir tumanga alohida 12,9 mln dollardan mablag`larini jalb qilish choralari ko`riladi.

Shuningdek, har ikkala tumanda quyidagi tartib o`rnatilmoqda:

2022 yil 1 yanvarga qadar ro`yxatdan o`tgan, ushbu tumanlarda faoliyat olib boruvchi tadbirkorlik sub`ektlariga sanoat, xizmat ko`rsatish va qishloq xo`jaligi sohalarida loyihalarni amalga oshirish uchun tijorat banklari kreditlari bo`yicha foizli xarajatlarning bir qismini qoplash maqsadida Tadbirkorlik faoliyatini qo`llab-quvvatlash davlat jamg`armasi tomonidan kompensasiya beriladi.

    Boshqa yangiliklar