AsosiyDunyo

Janubiy Koreya havoni ifloslantiruvchi avtomobillardan foydalanishni taqiqlaydi

'Janubiy Koreya havoni ifloslantiruvchi avtomobillardan foydalanishni taqiqlaydi'ning rasmi

Janubiy Koreya qish mavsumida havoga chiqadigan chiqindi miqdori yuqori bo`lgan transport vositalaridan foydalanishni taqiqlaydi. Bundan tashqari, ekologiyaga zarari ko`p bo`lgan avtoulov egalari avtoturargoh uchun ko`proq pul to`lashi lozim bo`ladi, deya xabar berdi Janubiy Koreyaning Yonhap axborot agentligiga tayanib regnum.ru.

Bunday chora-tadbirlar atmosferaga chiqayotgan zararli chiqindilar miqdorini kamaytirish zarurati bilan bog`liq. Cheklovlar beshinchi ekologik guruhga kiruvchi avtoulovlarga nisbatan qo`llaniladi – bunday avtomobillar Seul markazidan ertalab soat 6.00 dan kechqurun 21.00 gacha kirishi taqiqlanadi; taqiqni buzgan holda 200 AQSh dollari miqdorida jarimaga tortiladi. Ular uchun avtoturargohlar to`lovlari ham 50 foizga oshiriladi.

Shunisi e`tiborga loyiqki, meriya rasmiylarga davlat avtomobillarini har ikki kunda bir marta ishlatishga ruxsat berildi va hukumat amaldorlarni avtobus va metrodan foydalanishga  chaqirdi.

Boshqa yangiliklar