AsosiyJamiyat

Surxondaryoda harbiylar va yoshlar ishtirokida “Biz vatanparvarlarmiz!” festivali o`tkazildi

'Surxondaryoda harbiylar va yoshlar ishtirokida “Biz vatanparvarlarmiz!” festivali o`tkazildi'ning rasmi

Janubi-g`arbiy maxsus harbiy okrug Surxondaryo viloyati Termiz shahrida “Biz vatanparvarlarmiz!” shiori ostida ma`naviy-ma`rifiy, sport va madaniy tadbir o`tkazildi.

Janubiy operativ yo`nalish boshqaruvi guruhi, O`zbekiston mudofaasiga ko`maklashuvchi “Vatanparvar” tashkiloti Surxondaryo viloyat kengashi tashabbusi bilan O`zbekiston Milliy Gvardiyasi viloyat boshqarmasi, Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qo`shinlari hamkorligida tashkillashtirilgan tadbirda harbiy xizmatchilar, keng jamoatchilik vakillari, o`quvchi yoshlar, san`atkorlar, sportchilar hamda xizmat vazifasini bajarish chog`ida halok bo`lgan harbiy xizmatchilarning oila a`zolari ishtirok etdi. 

Tadbir davomida so`zga chiqqanlar armiya va xalq yakdilligini ta`minlash, viloyat yoshlarini harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ularni sportga qiziqtirish, ma`naviy va huquqiy ongini yanada oshirish bo`yicha o`z fikr-mulohazalarini bildirdi. 

Tadbir davomida viloyat teatr aktyorlari tomonidan “Alpomish” dostonidan sahna ko`rinishlari namoyish etildi hamda harbiy orkestr jamoasining konsert dasturi taqdim etildi. Shuningdek, xizmat vazifasini bajarish vaqtida halok bo`lgan harbiy xizmatchilarning farzandlari va ota-onalariga kimmatbaho sovg`alar topshirildi.

“Biz vatanparvarlarmiz!” shiori ostida boshlangan tadbirning ikkinchi qismi shahardagi “Alpomish” stadionida davom etdi. Unda harbiy xizmatchilarning qo`l jangi chiqishlari, sport musobaqalari, O`zbekiston mudofaasiga ko`maklashuvchi “Vatanparvar” tashkiloti Surxondaryo viloyat kengashi to`garaklarining faoliyati hamda san`at ustalarining konsert dasturi namoyish etildi. 

Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikasiyalar departamenti

    Boshqa yangiliklar