AsosiyJamiyat

«Narxoz»da o`qish 5 kunlik bo`ldi, forma butunlay bekor qilindi

'«Narxoz»da o`qish 5 kunlik bo`ldi, forma butunlay bekor qilindi'ning rasmi

Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida 25 noyabrdan boshlab o`qish haftasi besh kunlik etib belgilandi. 

Oliy ta`lim muassasida joriy etilayotgan yangi tartib haqida professor-o`qituvchilar ishtirokidagi yig`ilishda universitet rektori ma`lum qilgan.

Shuningdek, universitetda forma ham butunlay bekor qilingan.

«Endi talabalar o`qishga istalgan kiyimida kelishi mumkin. Hech kim ularni ko`ylak kiyishga, galstuk taqishga majburlamaydi», — deyiladi xabarda.

Eslatib o`tamiz, noyabr boshida iqtisodiyot universitetida «katta tozalash» ishlari boshlangani haqida xabar berilgan edi. Universitet rektori Bahodir Hodiev ishdan olinib, uning o`rniga Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirining birinchi o`rinbosari Kongratboy Sharipov tayinlandi.

    Boshqa yangiliklar