AsosiyJamiyat

Senator yosh tadbirkorning imtiyozli kredit olishiga yordam berdi

'Senator yosh tadbirkorning imtiyozli kredit olishiga yordam berdi'ning rasmi

Shu kunlarda Oliy Majlis Senati a`zolari yoshlarni parlament yuqori palatasi faoliyati bilan yaqindan tanishtirish, ularning ijtimoiy-siyosiy faolligini yanada oshirish hamda yoshlarning muammolarini o`rganish maqsadida hududlarda yoshlar bilan uchrashishmoqda.

Navoiy viloyati Karmana tuman xokimligida O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati a`zolariTolibjon Madumarov va Ro`zi Saidov viloyat yoshlari bilan uchrashdi. Unda Senatning yigirma uchinchi yalpi majlisida ma`qullangan qonunlar va ko`rib chiqilgan masalalar mazmun-mohiyati, umuman, Senat faoliyati yuzasidan batafsil ma`lumotlar berildi.

Shu bilan birga, senatorlar yoshlarda uchrayotgan muammolariga e`tibor qaratib, navqiron avlodning takliflariga quloq tutishdi. Jumladan, yosh tadbirkorlar imtiyozli kredit olishda amaliy yordam so`rab qilgan murojaati ham joyida hal qilinib, viloyat hokimligi mutasaddilari tomonidan nazoratga olindi. Bundan tashqari, maktab o`quvchisi Prezidentimiz Sh.Mirziyoev tomonidan ilgari surilgan beshta muhim tashabbusiga doir maktab hududida “Tashabbus bog`i”ni tashkil etishda moddiy jihatdan ko`mak zarurligini bildirgan. Mazkur taklif yuzasidan O`zbekiston Yoshlar ittifoqining viloyat kengashi mutasaddilariga tegishli ko`rsatmalar berildi. 

Shuningdek, yoshlar bilan suhbatda ularni qiziqtirayotgan bandlik, ilmiy faoliyatni davom ettirish, bo`sh vaqtini mazmunli o`tkazish kabi masalalar ham atroflicha muhokama etildi.

    Boshqa yangiliklar