Qashqadaryo viloyati IIB axborot xizmati YouTube videoxostingida «Qashqadaryoda YPX xodimlari bilan katta tortishuv. Mashina haydovchisi bilan evakuatorga ortildi» sarlavhasi ostida joylashtirilgan videoga munosabat bildirdi.
Ta`kidlanishicha, mazkur videodagi holat 12 noyabr kuni xizmat taqsimotiga asosan viloyat IIB YHXB YPX inspektorlari safdorlar E.Bo`ritoshev hamda M.Jonuzoqovlar «Qarshi—Shahrisabz» yo`lining Yakkabog` tumani Oqtosh qishlog`ida xizmat o`tab turgan vaqtida sodir bo`lgan.
70 Y 339 JA davlat raqamli Nexiaavtomashinasi 3.24 yo`l belgili («Yuqori tezlik cheklangan») 50 kilometr/soat tezlik cheklangan joyda 60 kilometr/soat tezlikda harakatlanib kelgan. YPX xodimlari buni Iskra-Video-2 rusumli tezlikni o`lchash moslamasi yordamida aniqlab, ushbuavtomashina haydovchisi to`xtatilgan. YPX inspektori haydovchiga o`zini tanishtirib, sodir etgan qoidabuzarligi bo`yicha tushuncha berib, avtomashina boshqarishga oid hujjatlarini talab qilingan. Avtomashina haydovchisi fuqaro N.Qo`yliev hujjatlarini taqdim qilmasdan YPX xodimlaridan xizmat guvohnomasi, dislokasiyasi hamda Iskra-Video-2 tezlikni o`lchash moslamasining sertifikatini ko`rsatishni talab qilgan.
Haydovchining talabiga asosan hujjatlar taqdim etilgandan so`ng haydovchi YPX inspektorlariga «radar o`zi qaerda, nomerlari to`g`ri keladimi, meni oldimga olib keling» deb aytgan. Safdor M.Jonuzoqov «Agar hujjatlarni taqdim qilmasangiz, ma`muriy bayonnoma rasmiylashtiramiz», deganida haydovchi «Yigitlar, bular menga tezlikka aytishyapti. Qashqadaryo viloyati Yakkabog` tumaniga qaerdan keldi bu bazatqilar», deb YPX inspektorlari bilan tortishgan. Safdor M.Jonuzoqov haydovchining talabiga asosan to`rt nafar guvoh chaqirtirganida haydovchi YPX inspektoriga dislokasiyada yo`qligini aytib tortisha boshlagan.
Haydovchining talabiga asosan chaqirtirilgan guvoh o`zini Temurmalik Karimov ekanligini aytib, haydovchidan o`zini tanishtirishni so`ragan. Safdor M.Jonuzoqov haydovchiga «Hurmatli haydovchi, agar ijtimoiy tarmoqlarga chiqarsangiz, qonun oldida javob berasiz», deb aytganida «Agar olsa, mendan pulimni oladi» deya YPX xodimlariga ters javob qaytargan. Shundan so`ng safdor E.Bo`ritoshev haydovchi M.Qo`ylievga ma`muriy bayonnoma rasmiylashtirgan.
Haydovchi ma`muriy bayonnoma bilan tanishmagandan so`ng guvohlar ishtirokida dalolatnoma rasmiylashtirib, Ma`muriy javobgarlik to`g`risidagi kodeksning 291-moddasi (Transport vositalarini ushlab turish va ko`rikdan o`tkazish asoslari va tartibi) va ichki ishlar vazirining 2011 yil 31 may kunidagi 68-sonli buyrug`ining 36-bandida «Ushlab turish sabablari bartaraf etilgunga va ma`muriy huquqbuzarlik to`g`risidagi ish ko`rilgunga qadar» deb ko`rsatilganligiga asosan avtomashina jarima maydoniga qo`yish uchun evakuatorga ortilgan.
Haydovchi esa mashinadan tushmasdan «Hurmatli Prezident Shavkat Mirziyoev! Yakkabog`da yana bir noxush holat, o`zingiz bularga jazo qo`llaysiz» deb videotasvirni yakunlagan.
Mazkur holat yuzasidan viloyat IIB YHXB mas`ul xodimlari tomonidan xizmat tekshiruvi o`tkazilmoqda.