O`zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov 21 yanvar, chorshanba kuni AQShning O`zbekistonga yangi tayinlangan elchisi Pamela Leura Spratlenni qabul qildi. Bu haqda TIV matbuot xizmati xabar bermoqda.
Uchrashuv chog`ida AQSh elchisi ishonch yorliqlari nusxasini Abdulaziz Komilovga topshirdi.
Uchrashuv davomida O`zbekiston va AQSh o`rtasidagi munosabatlarning holati hamda 2014 yil 1-2 dekabr kunlari Toshkent shahridagi o`zaro siyosiy maslahatlashuvlarning beshinchi raundi doirasida erishilgan kelishuvlarning amalga oshish jarayoni muhokama qilindi.
Suhbat chog`ida siyosiy, savdo-iqtisodiy, madaniy-gumanitar va boshqa sohalardagi hamkorlikni rivojlantirishning istiqbolli yo`nalishlariga alohida e`tibor qaratildi.
Shuningdek, ba`zi xalqaro va mintaqaviy masalalar yuzasidan ham fikr almashildi.





