Hukumat qarori bilan Milliy gvardiyaning qo`riqlash xizmati bo`linmalari tomonidan qo`riqlanadigan ob`ektlar ro`yxati tasdiqlandi.
Shunga ko`ra, Milliy gvardiya manfaatdor tashkilotlar bilan birgalikda 2020 yil yakuniga qadar tasdiqlangan ro`yxatga asosan ob`ektlarni bosqichma-bosqich qabul qilib oladi va qo`riqlanishini ta`minlaydi.
Qarorga muvofiq, maktablar va diniy tashkilotlarning ob`ektlari “tashvish tugmalari” bilan jihozlanadi.
Banklar va ular filiallarining qo`riqlanishini tashkil etish shartlari Milliy gvardiya va Markaziy bank birgalikda tasdiqlagan qoidalarga asosan belgilanadi.
Milliy gvardiya qo`riqlash xizmati bo`linmalari tomonidan ob`ektlarni qo`riqlash bilan bir qatorda tranzit yuklarni, transportdagi moddiy boyliklarni, portlovchi, radioaktiv (zaharli) va boshqa vositalarni qurolli qo`riqlash-kuzatish amalga oshirilishi mumkin.
Shuningdek, jismoniy shaxslarga va tadbirkorlarga tegishli ob`ektlar ularning ixtiyoriga ko`ra tuzilgan shartnomalarga asosan qo`riqlanadi.