1

2014 yilda O`zbekistonda engil avtomobillar ishlab chiqarish kamaydimi?

Jamiyat 21.01.2015, 16:41
2014 yilda O`zbekistonda engil avtomobillar ishlab chiqarish kamaydimi?

O`zbekiston Respublikasi statistika davlat qo`mitasi matbuot xizmati 2014 yilda O`zbekistonda mashinasozlik ishlab chiqarish korxonalarining statistik ma`lumotlarini e`lon qildi, deya xabar qiladi 12news.uz.

Qo`mita matbuot xizmatining ma`lumotiga ko`ra, 2014 yilda yuk tashish avtomobillarini ishlab chiqarish 8,9 foizga, avtobuslar 7,13  foizga oshgan.

Shuningdek, avtomobil dvigatellarini ishlab chiqarish 2013 yilga nisbatan  8,8 %ga ortgan.

Shu bilan birga, statistika qo`mitasi ishlab chiqarilgan engil avtomobillar soni to`g`risidagi axborotni ma`lum qilmagan. 2014 yil uchun qilingan taxminlarga ko`ra, avtomobil ishlab chiqarish hajmi 250 minggacha o`sishi kerak edi. 2013 yilda GM Uzbekistan 246 641 dona avtomobil ishlab chiqargan. Shu o`rinda eslatib o`tamiz, bugungi kunda GM Uzbekistan 9 turdagi Damas, Spark, Cobalt, Captiva, Malibu, Orlando, Matiz, Nexia va Lacetti rusumidagi avtomobillarini ishlab chiqarmoqda. Chevrolet Gentra rusumidagi avtomobil 2013 yilning noyabr oyidan buyon, so`nggi rusumdagi Chevrolet Orlando avtomobili esa 2014 yil mart oyidan buyon ishlab chiqarilmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1