AsosiyJamiyat

ITWomenUz” – loyihasi ishtirokchilari o`rtasida tanlov o`tkazildi

'ITWomenUz” – loyihasi ishtirokchilari o`rtasida  tanlov o`tkazildi'ning rasmi

O`zbekiston Xotin-qizlar qo`mitasi tomonidan O`zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi Milliy agentligi qoshidagi Mirzo Ulug`bek Innovasiya markazi,  Axborot texnologiyalari va kommunikasiyalarini rivojlantirish vazirligi, Toshkent shahridagi Inha universiteti hamda  Toshkent Axborot texnologiyalari universiteti  bilan hamkorliqda joriy yilning 19 avgustidan boshlab “ITWomenUz” - loyihasi ilk marotaba amalga oshirilmoqda.

Mazkur loyihani amalga joriy qilishdan ko`zlangan maqsad xotin-qizlarni zamonaviy axborot-kommunikasiya texnologiyalari sohasiga jalb qilish, ularni mobil ilova, veb-sayt, dasturiy mahsulotlarni yaratish, kompyuter grafikasi va dizaynerlik  faoliyatiga o`qitish hamda dasturchi sifatida shakllanishlariga ko`maklashish orqali frilanser sifatida bandligini ta`minlashdan iboratdir.

“ITWomenUz” —  loyihasiga joriy yilning 19 avgust kuni start berildi. Dastavval, loyihaning birinchi bosqichida Toshkent Axborot texnologiyalari universiteti hamda Toshkent shahridagi Inha universitetida joriy yilning 19-24 avgust kunlari bir hafta davomida o`quv-amaliy mashg`ulotlar tashkil etilib,  mobil ilovalar tayyorlash, veb-saytlar yaratish, dasturiy mahsulotlar ishlab chiqish hamda kompyuter grafikasi va dizayn yo`nalishlarida 160 nafar xotin-qizlarning malakasi oshirildi. So`ngra tinglovchilarning olgan nazariy bilimlari axborot-kommunikasiya texnologiyalari sohasidafaoliyat yuritayotgan tashkilot va korxonalarda 26 avgust – 18 sentyabr kunlari uch hafta mobaynida amaliyotga tatbiq qilindi.

“ITWomenUz” - loyihasining ikkinchi bosqichi 19 sentyabrdan  boshlandi va  kurs ishlarini bajarishlari uchunxotin-qizlardan iborat guruhlar shakllantirildi. Xotin-qizlar kurs ishlarini ustozlari rahbarligida bajardilar va ikkinchi bosqich natijalari 16-19 oktyabr kunlari O`zbekiston Xotin-qizlar qo`mitasida  ekspertlar tomonidan  o`rganildi. “ITWomenUz” - loyihasi ishtirokchilari o`zlari yaratgan veb sayt,dasturiy mahsulotlar va mobil ilovalarini hamda  dizaynerlar o`zlari chizgan  elektron plakatlarini taqdimotlarini namoyon qildilar. Ekspertlar tayyorlangan barcha loyihalar bo`yicha xulosalarini berdilar. “ITWomenUz” – loyihasi ishtirokchilarining eng muvaffaqiyatli tayyorlangan loyihalari yakuniy bosqichiga taqdim etildi. 

O`zbekiston Xotin-qizlar qo`mitasida22 noyabr kuni soat 14:00da“ITWomenUz” – loyihasining yakuniybosqichida o`z loyihalarini muvaffaqiyatli yakuniga etkazgan dasturchi xotin-qizlar o`rtasida “Eng yaxshi  mobil ilova”, “Eng yaxshi veb-sayt”, “Eng yaxshi dasturiy mahsulot”, “Eng yaxshi elektron plakat” nominasiyalari bo`yicha tanlov o`tkazildi. Ekspertlar kengashi a`zolari tomonidan nominasiyalar bo`yicha eng yaxshi ishlar aniqlandi.

 

    Boshqa yangiliklar