1

Qashqadaryoda yuz bergan YTH oqibatida Nexia butunlay yonib ketdi

Jamiyat 23.11.2019, 10:09
Qashqadaryoda yuz bergan YTH oqibatida Nexia butunlay yonib ketdi

Qashqadaryo viloyati Chiroqchi tumanida yuz bergan yo`l-transport hodisasi oqibatida Nexia 2 avtomobili to`liq yonib ketdi. Bu haqda O`zbekiston Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti xabar berdi.

Ma`lum qilinishicha, 22 noyabr, juma kuni taxminan soat 00:30 da 32 yoshli fuqaro A.T. boshqaruvidagi Nexia 2 avtomashinasi ishtirokida YTH yuz bergan. Haydovchi Qashqadaryo viloyati Chiroqchi tumani «Annaruz» mahallasi hududidan o`tuvchi A-378 «G`uzor—Samarqand» yo`lining ta`mirlash ishlari olib borilayotgan qismida yo`l qatlami nam bo`lishiga qaramasdan, soatiga 109 kilometr tezlikda harakatlangan.

A.T. katta tezlikda ketayotgan mashinaning boshqaruvini yo`qotib, yo`lning qarama-qarshi yo`nalish bo`lagiga chiqib ketgan va shu yo`nalishda harakatlanib kelayotgan 37 yoshli B.T. boshqaruvidagi Nexia 2 avtomashinasi bilan to`qnashib, yo`l-transport hodisasi sodir etgan.

Natijada haydovchi A.T. boshqaruvidagi Nexia 2 to`liq yonib ketgan hamda A.T.ning o`zi tan jarohati olgan va shifoxonaga yotqizilgan.

Shu bilan birga, B.T. va uning avtomashinasida yo`lovchi sifatida ketayotgan Tojikiston fuqarosi 33 yoshli B.Sh. tan jarohatlari olgan, ularga hodisa joyining o`zida tez tibbiy yordam ko`rsatilgan. YTH oqibatida hech kim qurbon bo`lmagan.

Holat yuzasidan olib borilayotgan tergovga qadar tekshiruv harakatlari davomida yong`inning kelib chiqish sabablari aniqlanmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1