Bugun, Termiz shahrida Turkiyaning “Kanimed Healthcare” kompaniyasi O`zbekistondagi “ALLES SAGLIK GROUP”-(ALLES sog`liqni saqlash guruhi) Termiz markaziy ofisi va “KANI-LAB“ labaratoriyasi binosining tantanali ochilish marosimi bo`lib o`tdi.
Qardosh davlatning “Kanimed Healthcare” (KANIMED XELTKER-sog`liqni saqlash echimlari) kompaniyasi tomonidan mamlakatimizda yagona yuqori texnologiyali zamonaviy laboratoriya jihozlarini o`rnatib, laboratoriya diagnostika xizmati ko`rsatishni yo`lga qo`ydi.
Davlat-xususiy sheriklik asosidagi mazkur loyihani ro`yobga chiqarish uchun turkiyalik ishbilarmonlar foydalanilmay turgan ikki qavatli binoni to`liq qayta tamirlab, zamonaviy uskunalar bilan jihozladi.
“Kanimed Healthcare” kompaniyasining jahondagi 7 mamlakatda xorijning etakchi davlatlarida ishlab chiqarilgan yuqori texnologiyali zamonaviy laboratoriya jihozlari va laboratoriya diagnostika xizmatlarini ko`rsatish bo`yicha filiallari mavjud.
Mazkur apparatlar bir tomchi qondan 200 turdagi tahlilni o`tkazish imkoniyatiga ega. Laboratoriyaga 6000 hajmga ega bo`lgan ROCHE COBAS (Rosh Kobas) rusumli avtomat biokimyoviy immunoanalizator o`rnatilgan. Bu qon zardobidagi barcha parametrlarga to`g`ri baho beradi. Endi vohalik allergik kasalga chalingan bemorlar allergik omilni aniqlatishi uchun poytaxtga borishiga chek qo`yiladi.
Laboratoriya-diagnostika markaziga peshob tahlillari va bakterialogik, mikrobiologik tekshiruvlar o`tkazish uchun zamonaviy xorij tibbiy apparatlari o`rnatildi. Bunday laboratoriya mamlakatimizning boshqa hududlarida ham filiallarini ochish mo`ljallanayotir.






