AsosiyDunyo

Rossiyada mudhish YTH: Qurbonlar orasida o`zbekistonliklar ham bor

'Rossiyada mudhish YTH: Qurbonlar orasida o`zbekistonliklar ham bor'ning rasmi

Rossiyaning Orenburg-Oqbulak trassasida mikroavtobus va yuk mashinasi ishtirokida mudhish yo`l-transport hodisasi yuz berdi. Bu haqda REN TV xabar berdi.

Mikroavtobus va yuk mashinasi Orenburg viloyat markazidan uncha uzoq bo`lmagan Chistiy qishlog`i yaqinida yuk avtosi bilan to`qnashib ketgan.

YTH natijasida olti kishi halok bo`lgan, uch kishi shifoxonaga yotqizilgan. Halok bo`lganlar O`zbekiston va Tojikiston fuqarolari ekani ma`lum.

 Hodisa tafsilotlari o`rganilyapti.

Boshqa yangiliklar