AsosiySalomatlik

O`zbekistonda yilning eng yaxshi shoshilinch tibbiy yordam hamshirasi aniqlandi

'O`zbekistonda yilning eng yaxshi shoshilinch tibbiy yordam hamshirasi aniqlandi'ning rasmi

Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazida «Yilning eng yaxshi shoshilinch tibbiy yordam xizmati hamshirasi» tanlovining respublika bosqichi bo`lib o`tdi. Bu haqda Sog`liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati ma`lum qildi.

Bu yil ikkinchi marta o`tkazilayotgan eng yaxshi shoshilinch tibbiy yordam xizmati hamshirasi respublika ko`rik tanlovi hamshiralarning malakasini oshirish, sohada orttirilgan ilg`or tajribalarni ommalashtirish, iqtidorli yoshlarni qo`llab-quvvatlashga yo`naltirilgan muhim tadbirlardan biridir.

Tanlovning respublika bosqichida viloyatlarda g`olib bo`lgan 14 nafar ishtirokchi to`rtta shart bo`yicha o`zaro bellashdi. Birinchi shart shoshilinch vaziyatlarda bemorlarga hamshiralik yordamini tashkil etishga yo`naltirildi. Tanlovning asosiy qismida esa hamshiralar tibbiyot bilan bir qatorda siyosiy-huquqiy, ijtimoiy, ijodiy mavzular bo`yicha bilimlarini namoyish qildi.

Tanlovda Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi 2-shoshilinch kardiologiya va terapiya bo`limi hamshirasi Gulchehra Ergasheva birinchi, Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Farg`ona filiali pediatriya bo`limi hamshirasi Gulandon Nabijonova ikkinchi, Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Buxoro filiali nevrologiya bo`limi hamshirasi Gulruhsorbegim Ravshanova uchinchi o`rinni egalladi.

G`oliblar faxriy yorlik va qimmatbaho sovg`alar bilan taqdirlandi.

Boshqa yangiliklar