AsosiySiyosat

Farruh Abduhamidov: “Maktablarda darsliklar to`lovli ijaraga berilishi Konstitusiyaga zid!”

'Farruh Abduhamidov: “Maktablarda darsliklar to`lovli ijaraga berilishi Konstitusiyaga zid!”'ning rasmi

Avval xabar berganimizdek siyosiy jarayonda o`z mavqei uchun kurash olib borayotgan siyosiy partiyalar ishtirokidagi qizg`in debatlar bir qator telekanallar orqali namoyish etilmoqda. Navbatdagi debat ham keskin munozara va muhokamalarga boy bo`ldi. XDP vakili “Adolat” SDP vakillariga ularning “O`zbekistonda kvotasiz oliy ta`lim sari” olib borayotgan tortishuvlari befoyda ekanligi iddao qildi. “Qachongacha yoshlarni aldamoqchisizlar? Bu va`da bilan hech narsaga erisha olmaysizlar!” deya ta`kidladi.

Ushbu tanqidga “Adolat” SDP vakili quyidagicha javob berdi:

“Adolat” SDP o`zining 2016 yilgi prezidentlik saylovoldi dasturida oliy ta`lim m muassasalarida kvotalarni oshirish va OTM larni hududlarga ko`chirish taklifi bilan chiqqan edi. Mana, bir necha yilki hududlarda oliy ta`lim muassasalari filiallari ochildi va qabul kvotalar soni deyarli ikki baravarga ko`paytirildi. 

Bundan tashqari, partiya nafaqat oliy ta`lim, balki o`rta ta`limda ham konstitusiyaga zid kamchiliklarni bartaraf etishni o`z zimmasiga olgan. Xususan o`rta maktablarda kitoblarning ijaraga berilishi ham Konstitutisiyaga muvofiq emas. Chunki Qomusimizda “O`zbekistonda umumiy o`rta ta`lim olish huquqi kafolatlangan” deb yozib qo`yilgan.

Boshqa yangiliklar