Britaniyalik olimlar komada bo`lgan odam o`zini qanday his qilishini aniqlashga harakat qilishdi.
Tadqiqotlar shuni ko`rsatdiki, komada bo`lgan bemorlarning 30-40% qisman yoki to`liq shaklda atrofida bo`layotganlarni ko`rib, bilib turadi. Biroq, olimlar uzoq vaqt davomida bunday bemorlar bilan aloqa qilishga imkon beradigan yo`lni topa olishmadi.
Nevrolog olim Adrian Ouen komada bo`lgan bemorlar bilan aloqani funksional magnit-rezonans tomografiya imkoniyatlariga murojaat qilish orqali ta`minlash mumkinligini aniqladi. Shunday qilib, tajriba shuni ko`rsatdiki, tomograf yordamida yoritilgan miya, shifokor tomonidan so`ralgan savollarga javoban u yoki bu qismida yarqirash bilan javob beradi. Bundan tashqari, tadqiqotchilar komada bo`lgan odam chanqoqlik va qattiq qo`rquvni his qilishini aniqladilar.
«Patofiziologiya nuqtai nazaridan, har qanday koma 4 xaftadan kechikmay to`xtaydi (agar bemor o`lmasa). Biz aniklagan esa vegetativ holat davrida doimiy hisoblanadi”, deb izoh berdi Britaniya Nevrologiya Markazining ilmiy rahbari Mixail Piradov.






