1

Aktyor Hoshim Arslonov dublyaj studiyasini ochdi

Madaniyat 26.11.2019, 09:05
Aktyor Hoshim Arslonov dublyaj studiyasini ochdi

O`zbekistonda xizmat ko`rsatgan artist, dublyaj ustasi Hoshim Arslonov dublyaj studiyasini ochdi.

25 noyabr kuni O`zbekiston xalq artisti, betakror aktyor, dublyaj darg`alaridan biri - Hojiakbar Nurmatovning tavallud ayyomi. Shu munosabat bilan Hoshim Arslonov Hojiakbar Nurmatovni xotirlash maqsadida "Zarafshon" restoranidan o`rin olgan dublyaj studiyasiga taniqli san`atkorlar, xususan, dublyaj ustalarini chorladi.

«Shunday bir davrlar bo`ldiki dublyaj bizda san`at darajasiga ko`tarildi. Kinochilar unga «dublyaj san`atining oltin davri» deb nom bergan. Lekin keyinchalik televedenieda tezkor dublyajga ehtiyoj ortishi, «O`zbekfilmda»dagi dublyaj studiyasi oddiy «qayta ovozlashtirish studiya»siga aylanib qolgani sababli, bu san`at sohasi o`z pozisiyalarini boy berib qo`ydi. O`zbek sinxron dublyaj san`atining yorqin o`tmishi haqida go`zal afsonalar qoldi xolos..Vaholanki buyuk dublyaj ustalaridan saboq olgan, «ustoz ko`rgan» chiroyli ovoz sohiblari, mahoratli aktyorlarimiz hozir ham oramizda...Bu san`at ularning ijodida davomlanishi kerak edi..va shunday bo`ldi ham. Hozirgina O`zbekistonda xizmat ko`rsatgan artist Hoshimjon Arslonovning kuni-kecha dublyaj studiyasi tashkil etganliklari haqida xabar topdim. Ko`ngilda ajib bir orzular bosh ko`tara boshladi. Hoshimjon aka, Elyor aka, Afzal aka kabi ustoz aktyorlarimiz allaqachon bu sohada o`z maktablarini ochadigan fursat etgan edi. Mana shunday maktablardan biri va nihoyat ochilibdi. Hoshimjon Arslonov bu xayrli, kerak amallari bilan dublyaj san`atiga begona bo`lmagan u, lekin ba`zi sabablar bilan undan uzoqlashib qolgan Yoqub Axmedov, Yodgor Sa`diev kabi hamkasblarni ham bu ishga qayta jalb etadilar deb umid qilaman. Hoshimjon aka, boshlagan xayrli ishingiz muborak bo`lsin! Bu borada sizni qo`llab-quvvatlashga tayyorman!», —  deb yozadi san`atshunos jurnalist Shoira Raufboeva.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1