Hozirda Rim Papasi Fransis rasmiy tashrif bilan Yaponiyada bo`lib turibdi.U yakshanba kuni tarixda atom bombalariga duchor bo`lgan shaharlar-Xirosima va Nagasakiga bordi. Rim Papasi dunyo rahbarlariga murojaat qilib, yadroviy qurollarni yana ishlatmaslikka chaqirdi.
«Men barcha ezgu niyatli odamlarni Xirosima va Nagasakidagi atom bombalari keltirgan vayronagarchilik insoniyat tarixida boshqa takrorlanmasligini kafolatlashga chaqiraman», dedi Papa jahon liderlariga qarata, shu jumladan Yaponiya Bosh vaziri Shinzo Abega. O`z navbatida Abe ham Yaponiya atom qurollariga qarshi ekanligini ta`kidladi.
Rim papasining so`zlariga ko`ra, davlatlar o`zaro muloqot o`tkazib kelishuvlarga erishishlari haqiqiy insonparvarlik va tinchlikni ta`minlashga qodir yagona quroldir. Shuningdek, Fransis Yaponiyada hali ham amalda qo`llanilayotgan o`lim jzosiga qarshiligini bildirgan.






