Nilufar Usmonova barcha iste`dod egalarini mahorat maydoniga taklif qildi

Shou-biznes 26.11.2019, 11:29
Nilufar Usmonova barcha iste`dod egalarini mahorat maydoniga taklif qildi

Xonanda Nilufar Usmonova iqtidor sohiblariga istalgan yo`nalishda o`z mahoratini namoyish etishni taklif qildi. 

U mahorat egalarini bir maydonga jam qilishni va bu yo`l bilan ularga motivasiya berishni maqsad qildi.

Azizlarim, bilaman orangizda iste`dodlilar juda ko`p. Kimdir shoir, kimdir rassom, sartarosh yana kimdir dizayner va hakazo... iste`dodingizni biroz bo`lsada yuzaga chiqarish va kuzatuvchilarim bilan eng mahoratlilarini bo`lishish niyatida kichik bo`lsada mahoratlilar maydonini tashkil etishni lozim topdim. Bu bilan sizni biroz bo`lsada xursand qilib, qiziqishingizga motivasiya bera olsam, olg`a intilishingizga sababchi bo`lsam juda baxtiyor bo`laman. Shu bois, siz qaysi sohada iqtidoringiz bo`lishidan qat`iy nazar mahoratingiz tasvirlangan videolarni Telegram kanalimda ko`rsatilgan manzilga yo`llashingiz kerak bo`ladi. Eng zo`rlarini instagramda ham bo`lishib boraman. Bundan tashqari, siz yaqinlaringizni Nilufar Usmonova orqali ham tabriklashingiz mumkin. Eng original va noodatiy tabriklarni videoga yozib jo`nataman. Video va tabriklarni @ruxshonka_fm ga yuboring. Albatta telegram kanalimda natijalarni kuzatib boring”, — deb yozadi xonanda

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1