1

O`zbekistonda “Xavfsiz shahar” loyihasi amalga oshiriladi

Jamiyat 23.01.2015, 09:00
O`zbekistonda “Xavfsiz shahar” loyihasi amalga oshiriladi

O`zbekiston Respublikasi IIV qoshidagi “Muhofaza” respublika birlashmasi tomonidan “Xavfsiz shahar” loyihasi amalga oshiriladi. Ushbu loyiha doirasida butun mamlakat bo`yicha zamonaviy himoya va xavfsizlik tizimlari joriy qilinadi. Bu haqda “Muhofaza” respublika birlashmasi boshlig`i polkovnik Tohiriddin Najimovga asoslanib, kun.uz ma`lumot berdi.
Ushbu loyiha O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2013 yil iyunida qabul qilingan “O`zbekiston milliy axborot-kommunikativ tizimini rivojlantirish to`g`risida”gi qarorida ko`zda tutilgan chora-tadbirlar doirasida amalga oshirilmoqda. Jumladan, markazlashtirilgan nazorat tizimi, “Muhofaza” respublika birlashmasi bo`linmalari texnik muhofaza punktlari aloqa tizimini yaratish rejalashtirilmoqda.
Texnik qo`riqlash tizimini isloh qilish uch bosqichda amalga oshirilishi kutilmoqda. Toshkent shahri, Toshkent, Sirdaryo, Samarqand va Jizzax viloyatlarini qamrab oluvchi dastlabki bosqich 2015 yilning birinchi choragida yakuniga etadi. 2016 yil oxirigacha tizim butun respublika bo`yicha ishga tushadi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1