2014 yilda "Afrosiyob" tezyurar poezdida 180 ming yo`lovchi tashildi

Jamiyat 23.01.2015, 15:11
2014 yilda "Afrosiyob" tezyurar poezdida 180 ming yo`lovchi tashildi

“O`zbekiston temir yo`llari” davlat aksiyadorlik temiryo`l kompaniyasi tomonidan 2014 yilda 19,95 million yo`lovchi o`z manziliga eltib qo`yildi. Bu ko`rsatkich 2013 yildagiga nisbatan 7,8 foiz ko`p.

DATKning mahalliy yo`nalishlarga yuk tashish bo`yicha amalga oshirgan xizmati joriy yilda 65,9 million tonnaga etdi.

2014 yilda yo`lovchi aylanmasi jami 3,765 milliard passajir-kilometrni tashkil etsa, yuk aylanmasi esa 22,9 milliard tonna-kilometrdan oshib ketdi.

Toshkent-Samarqand yo`nalishida qatnovchi “Afrosiyob” tezyurar poezdi tomonidan esa o`tgan yilda 180 ming nafar yo`lovchi manziliga etkazib qo`yildi, deya xabar beradi uz24.uz nashri “Turkiston-Press” agentligi ma`lumotlariga tayanib.

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1