1

"Paxtakor" stadioni buzilishi bo`yicha rasmiy ma`lumot berildi

Sport 27.11.2019, 19:40
Teglar: Paxtakor, stadion
"Paxtakor" stadioni buzilishi bo`yicha rasmiy ma`lumot berildi

Xabaringiz bor, yaqin vaqt ichida “Paxtakor” stadioni buzilishi haqida xabarlar paydo bo`lgandi. 

Bugun «Paxtakor» futbol klubi matbuot xizmati bu borada rasmiy ma`lumotni taqdim etdi.

"Paxtakor" stadioni o`rnida yangi stadion qurilishi klub rejalaridan o`rin olgani haqida ma`lumot taqdim etganmiz.

Ayni paytda stadionning yangi ko`rinishi qanday bo`lishi aniqlanmoqda, taqdim qilingan loyihalar orasidan birini tanlab olish jarayoni ketmoqda. Saytimizda e`lon qilingan tenderdan so`ng 20ga yaqin kompaniyalar o`z takliflarini bildirishgan. Stadion FIFAning oxirgi talablariga javob beradigan holatda bunyod etilishi sababli oxirgi qarorga kelishdan avval barchasini puxta o`ylab ko`rish talab etiladi. Ma`qul deb topilgan loyiha tanlangach, stadion poyxatimiz markazida joylashishi va uning ko`rkiga aylanishi maqsadida hukumatning tegishli idoralari bilan birgalikda qurilish ishlari qachon boshlanishi borasida to`xtamga kelinadi. Ayni holatda esa stadionni buzish ishlari qachon boshlanishi aniq emas. Loyiha masalasi aniq bo`lishi bilan bu haqida ma`lumot rasmiy saytimizda taqdim etiladi”, — deyilgan rasmiy xabarda.

 

Sharhlar

"Paxtakor" bilan Superliga, O`zbekiston Kubogi va Superkubokda zafar quchishga intilamiz – Voyneski

13.01.2022, 20:57

Bugun "Paxtakor"  bosh murabbiy Slavche Voyneski bilan matbuot anjumani bo`lib o`tdi. Bu haqda klub rasmiy sayti xabar berdi. ""Paxtakor"dek jamoaga kelganimdan xursandman. "Paxtakor" nafaqat sovrinlar, balki...
"Nasaf" O`zbekiston kubogi finalida "Paxtakor"ni mag`lubiyatga uchratdi

04.12.2021, 18:25

Samarqand shahridagi “Dinamo” stadionida “Paxtakor” va “Nasaf” jamoalari o`rtasida O`zbekiston kubogi finali bo`lib o`tdi. Birinchi bo`limning 34-daqiqasidan “Nasaf” maydonda bir kishi kam bo`lib qoldi. Shunga qaramay,...
Sardor Rashidov rasman «Kuvayt SK» futbolchisiga aylandi

17.07.2021, 18:25

O`zbekiston milliy terma jamoasi yarimhimoyachisi faoliyatini Kuvaytda davom ettiradi.Rashidovga Kuvaytning bayroqdor jamoasi «Kuvayt SK» taklif bilan chiqqan va muzokaralardan keyin Sardor Rashidov bugun, 17 iyul...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1