1

O`zbek filmlari ilk bor «DigiCon6 Asia Awards -2019" xalqaro kinofestivalida mukofotlar uchun kurashadi

Madaniyat 28.11.2019, 11:16
Teglar: O`zbekkino, aktyorlar, “DigiCon6 Asia Awards-2019”
O`zbek filmlari ilk bor «DigiCon6 Asia Awards -2019" xalqaro kinofestivalida mukofotlar uchun kurashadi

O`zbekistonlik yosh kinoijodkorlar joriy yil 26 noyabr-1 dekabr kunlari davom etadigan  “DigiCon6 Asia Awards-2019” xalqaro qisqa metrajli filmlar festivalida ishtirok etadi. Ushbu kinofestivalga yo`llanma olgan ijodkorlar guruhi Gonkongga jo`nab ketdi, deya xabar berdi "O`zbekkino" Milliy agentligi matbuot xizmati.

Osiyo bo`yicha iqtidorli mualliflarni topish, tanitish va ularning ajoyib ishlari uchun rag`batlantirish maqsadida har yili kuzda o`tkazib kelinadigan “DigiCon6 Asia Awards” mukofotiga o`zbekistonlik yosh kinoijodkorlarning ikkita filmi  - Shokir Xoliqovning “Choy” va Mahliyo Asqaralievaning “Sovg`a” filmi taqdim etildi. Jami o`zbekistonlik vakillar etti kishidan iborat.

-  Yosh kinoijodkorlar - milliy kinematografiyaning kelajagi, shu sabab ularning ijodiy mahorati oshishiga katta e`tibor qaratish lozim, - deydi “O`zbekkino” rahbari Firdavs Abduxoliqov. - Bizning iqtidorli yigitlar bunday nufuzli festivalda  O`zbekistonda yosh kinoijodkorlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar va o`zlarining qobiliyati tufayli ishtirok etishmoqda, deya qo`shimcha qildi u.

-  - Kelgusida  “O`zbekkino”   yosh kinoijodkorlar mahoratini oshirish uchun ularni har tomonlama  qo`llab-quvvatlash maqsadida bir qator loyihalar tashkillashtirishini ta`kidlab o`tdi Abduxoliqov.

-  Biz “O`zbekkino” milliy agentligi qoshida Yoshlar ijodiy markazi va yoshlar ijodiy studiyasini tashkil etishni rejalashtiryapmiz. Bundan tashqari, barcha kerakli uskunalar bilan jihozlangan 150 o`rinli ijodiy laboratoriyani ochishni mo`ljalladik, - dedi “O`zbekkino” rahbari.

Shuni qayd etish kerakki,”DigiCon6 ASIA” ga qatnashadigan davlatlar Yaponiya, Xitoy, Gonkong, Hindiston, Indoneziya, Koreya, Malayziya, Singapur, Tayvan, Tailand. O`zbekiston festivalda  ilk marotaba ishtirok etmoqda. Yaponiyaning yirik media kinokompaniyasi TBS kinofestival tashkilotchisi hisoblanadi.

Suratda:  “Sovg`a” kinofilmi rejissyori Mahliyo Asqaralieva, Kann xalqaro kinofestivalida “Choy” filmi uchun Gran-pri sohibi,  Shokir Xoliqov, “FOKUS” kinomaktabi  asoschisi va direktori Mariya Musakova.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1