1

Zelenskiyning o`zbekistonlik qiyofadoshini Ukrainaga taklif qilishdi

Dunyo 28.11.2019, 15:08
Teglar: qiyofadosh, Zelenskiy
Zelenskiyning o`zbekistonlik qiyofadoshini Ukrainaga taklif qilishdi

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiyning o`zbekistonlik qiyofadoshi, ayni paytda Moskvada istiqomat qilayotgan Umid Isaboev “Kvartal-95” mualliflik ukrain shousiga taklif qilindi.

Aslida avtomobillarni bo`yash bilan shug`ullanadigan Umid Isaboev Mash manbasiga bergan intervyusida u bilan shou rahbari Evgeniy Koshevoyning shaxsan o`zi bog`langanini aytib o`tgan. Bu haqda xs.uz xabar berdi

Sahnadan ketgan Zelenskiyning sobiq hamkasbi hamyurtimizga Ukraina televideniesida ko`rsatuvni birgalikda olib borishni taklif qilgan.

- Menga videoqo`ng`iroq qilishdi. Qarasam, Ukraina raqami. Ma`lum bo`lishicha, Evgeniy Koshevoy telefon qilayotgan ekan. U menga kel, seni olib ketamiz, bizga qo`shil, biz tomonlarga kel. Bilsam, “Kvartal-95”dan telefon qilishibdi. Birga ishlaymiz, deydi. Koshevoy bilan ko`rsatuvni birga olib borish, odamlarni kuldirish, - deydi Umid.

Isaboev jurnalistlar bilan birinchi intervyusidan keyin tasvirga tushish bo`yicha ko`plab takliflar kelib tushayotganini bildirgan. Xususan, unga Rossiya serialida rol taklif etilgan. Bu borada shartnoma ham imzolanishi mumkin ekan. Ammo “Kvartal-95” taklifi inobatga olinsa uning oldida qiyin tanlov turibdi. Umidning o`zi esa “Kvartal-95” shousida ishlashni istayotganini bildirgan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1