1

Turkmaniston Prezidenti Toshkentga keldi

Siyosat 28.11.2019, 15:43
Turkmaniston Prezidenti Toshkentga keldi

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning taklifiga binoan Turkmaniston Prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov amaliy tashrif va Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining ikkinchi Maslahat uchrashuvida ishtirok etish uchun mamlakatimizga keldi.

Oliy martabali mehmonni Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida O`zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov kutib oldi, deya xabar beradi O`zA.

Tantanali kutib olish marosimidan so`ng Turkmaniston delegasiyasi o`zi uchun ajratilgan qarorgohga yo`l oldi.

Prezidentlar bugun ikki tomonlama manfaatli hamkorlikni yanada rivojlantirish istiqbollarini muhokama qiladi. 

Uchrashuv chog`ida savdo-iqtisodiy, transport-kommunikasiya va madaniy-gumanitar sohalarda qo`shma loyihalar amalga oshirilishining borishi, mintaqaviy va xalqaro ahamiyatga molik dolzarb masalalar yuzasidan fikr almashish rejalashtirilgan.

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1