1

Bee`tiborlik tufayli kelib chiqqan yong`in bir insonni hayotdan olib ketdi

Jamiyat 23.01.2015, 15:37
Bee`tiborlik tufayli kelib chiqqan yong`in bir insonni hayotdan olib ketdi

O`tgan hafta mobaynida respublikamizda 185 ta yong`in holati qayd etildi. Jumladan, Toshkent viloyati Bo`stonliq tumanida istiqomat qiluvchi T.Ikramovaning kelini S.Ikramova paxta yog`ini dog`lash uchun gaz plitasiga qo`yib, boshqa uy yumushlari bilan band bo`lganligi oqibatida ham yong`in sodir bo`lgan. S.Ikramovaning yodidan chiqib ketgan olov ustidagi paxta yog`i qizib ketishi natijasida alangalanib, uyning 90 kv. metr maydoni, tom qismi va jihozlarining yonib zararlanishiga olib kelgan, deya xabar beradi O`zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi ramiy sayti.

Shunga o`xshash holat Toshkent shahar Sergeli tumanida yashovchi fuqaro A.Shomaxmudov yashash xonasidada ham yuz bergan. Elektr isitish pechini yoqiq holda qoldirilishi oqibatida 1 kv. metr maydonda yongan. A.Shomaxmudov isitish pechini yoqiq holatda qoldirib uxlagani bois, u tutundan dimiqib qolgan va yong`inni o`chirish vaqtida uy egasining jasadi topilgan.

IIV ma`lumotiga ko`ra, turli sabablarga ko`ra sodir bo`lgan yong`inlarda jami 8 nafar fuqaro turli darajadagi kuyish tan jarohatlarini olishgan, 1 nafar fuqaro esa vafot etgan. Yong`inlar oqibatida 1 mld. 95 mln. 659 ming so`mdan ortiq qurilish materiallari va 713 mln. 892 ming so`mga yaqin moddiy boyliklar yong`indan saqlab qolingan.

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1