AsosiySiyosat

Shavkat Mirziyoev Turkmaniston Prezidentiga O`zbekistonda chop etilgan kitoblarining ilk nusxalarini sovg`a qildi

'Shavkat Mirziyoev Turkmaniston Prezidentiga O`zbekistonda chop etilgan kitoblarining ilk nusxalarini sovg`a qildi'ning rasmi

Muzokaralardan so`ng O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev va Turkmaniston Prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov Turkmaniston rahbarining kitoblari - ilmiy asarlari  ko`rgazmasi bilan tanishdi.

Ushbu kitoblar mamlakatimiz ilmiy-akademik doiralari va ijodiy jamoatchiligida katta qiziqish uyg`otganini ta`kidlash lozim. Mazkur tashrif arafasida Gurbanguli Berdimuhamedovning qator kitoblari - “Baxtli hayot sog`liqdan boshlanar”, “Madaniyat – xalqning bebaho xazinasi”, “Barhayot afsona”, “Choy – shifo va ruhiy quvvat manbai” nomli asarlari o`zbek tiliga tarjima qilinib, chop etilgan edi. 

Davlatimiz rahbari Turkmaniston Prezidentiga mamlakatimizda chop etilgan Gurbanguli Berdimuhamedov kitoblarining ilk nusxalarini sovg`a qildi.

 

    Boshqa yangiliklar