AsosiySiyosat

Qo`shni davlatlar rahbarlari nega Toshkentda yig`ilishdi?

'Qo`shni davlatlar rahbarlari nega Toshkentda yig`ilishdi?'ning rasmi

Bugun, 29-noyabr kuni Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining ikkinchi Maslahat uchrashuvi bo`lib o`tadi.

Shu munosabati bilan kecha bir qator qo`shni davlat rahbarlari O`zbekistonga kelishdi. 

Xususan, dastavval, O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning taklifiga binoan Turkmaniston Prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov amaliy tashrif bilan mamlakatimizga kelgan edi.

Shundan so`ng birin-ketin Tojikiston Respublikasi Prezidenti Emomali Rahmon, Qozog`iston Respublikasining Birinchi Prezidenti — Elboshi Nursulton Nazarboev, Qirg`iziston Respublikasi Prezidenti Sooronbay Jeenbekovlar Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining ikkinchi Maslahat uchrashuvida ishtirok etish uchun Toshkentga keldi.

Oliy martabali mehmonlarni Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida O`zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov kutib oldi.

Bugungi uchrashuvda siyosiy, savdo-iqtisodiy, investisiyaviy, transport-kommunikasiya, madaniy-gumanitar va boshqa sohalarda mintaqaviy hamkorlikni kengaytirish masalalari muhokama qilinadi.

 

Boshqa yangiliklar