“CAFA U-23 Women’s Championship-2019” musobaqasida o`zbekistonlik futbolchi qizlar chempion bo`lishdi. Bu haqida O`zbekiston futbol assosiasiyasi xabar bermoqda.

Tojikistonda bo`lib o`tgan “CAFA U-23 Women’s Championship-2019” musobaqasi o`z nihoyasiga etdi.
Muddatidan avval chempionlik masalasini hal qilgan O`zbekiston ayollar olimpiya terma jamoasi oxirgi o`yinini Tojikistonga qarshi o`tkazdi. Qiziqarli tarzda kechgan bahsda futbolchi qizlarimiz raqibalari darvozasiga javobsiz 3 ta gol kiritishga muvaffaq bo`lishdi.
Shu tariqa musobaqadagi barcha uchrashuvlarni o`z foydasiga hal etgan terma jamoamiz chempion nomiga sazovor bo`ldi.
Vakillarimiz musobaqa davomida 5 ta o`yin o`tkazib, raqiblar darvozasiga javobsiz 29 ta gol urdilar.

Musobaqaning eng yaxshi futbolchisi mukofoti ham o`zbekistonlik Umida Zoirovaga nasib edi.