Berlinda savdo va axborot xavfsizligi masalalariga bag`ishlangan anjuman o`tkazildi. Unda Germaniya kansleri Angela Merkel ham ishtirok etdi.
Buni qarangki ushbu anjumanda Angela Merkel nutq so`zlash uchun sahnaga chiqayotganida kutilmaganda qoqilib yiqildi...
Afsuski, noxush holatlar taniqli siyosatchilar kundalik hayotida ham uchrab turadi. Ammo bu oddiy odamlar bilan sodir bo`lsa odamlar unchalik shov-shuv ko`tarmasligi mumkin. Ammo taniqli shaxslarning omma oldida bunday noqulay ahvolga tushib qolishi keng jamoatchilik orasida turli fikrlarga sabab bo`lishi mumkin.
Voqea Berlindagi ko`p tomonlama savdo va axborot xavfsizligi anjumanida sodir bo`ldi. Angela Merkelning o`zi bu voqeaga izoh berarkan:
"Men zinalarni ko`rmay qoldim, keyingi safar ulardan, albatta, foydalanaman”, deya hazillashdi.
Merkel o`z nutqida Germaniya sanoat va savdo palatalari vakillariga murojaat qildi. U Jahon savdo tashkilotida o`zgartirishlar kiritish zarurligini ta`kidladi.
Iyun oyida Merkel Berlinda Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy bilan uchrashuv chog`ida o`zini yo`qotib titrab qolgandi. Iyul oyida Angela Merkel Finlandiya bosh vaziri Antti Rinne bilan uchrashganda yana o`zini yomon his qilgan. Keyinroq Germaniya prezidenti Frank-Valter Shtaynmayer bilan uchrashuv chog`ida ham uni kuchli qaltiroq tutgandi.
Angela Merkelning o`zi esa jurnalistlarga salomatligi bilan bog`liq jiddiy muammo yo`qligini aytmoqda.
Angela Markelning anjumanda yiqilib tushgan holati aks etgan videoni Daily Mail o`z YouTube-kanalida joylashtirdi.
Video:






