Albaniya hukumati mamlakatda sodir bo`lgan zilzila tufayli halok bo`lganlar xotirasi uchun 27 noyabrni motam deb e`lon qildi. So`nggi ma`lumotlarga ko`ra zilzila qurbonlari soni 32 kishiga etgan va 658 kishi jarohatlangan. Yana 47 kishi vayronalar ostida chiqarib olingan. Qutqaruv ishlari hali ham davom etmoqda.
Ayni paytda albaniyaliklarga yordam uchun qo`shni mamlakatlardan qutqaruvchilar hamda xayriya tashkilotlari etib kelgan.
Panamada esa "denge" bezgagidan kasallanganlar soni 3600 nafardan oshdi. Panama hukumati kasallikka chalinganlarning eng ko`pi Kalon provinsiyasida ekanini aytib, aholini gigiena qoidalariga qat`iy rioya qilishga va kasallik tashuvchi manbalardan uzoqroq bo`lishga chaqirmoqda. Video:






