Qirg`izistonning sobiq prezidenti Almazbek Atambaev 29 noyabr kuni yopiq eshiklar ortida sud qilindi. Bu haqda reuters.comga tayanib xabar qilinmoqda.
U, uyushgan jinoyatchilarning boshlig`i Aziz Batukaevni noqonuniy tarzda ozod etganlikda ayblanib, avgust oyida hibsga olingan edi.
Advokat Sergey Slesarevning so`zlariga ko`ra, dastlabki sud majlislarida qatnashishdan bosh tortgan Atambaev, juma kuni sud zaliga olib borilgan. Matbuot xodimlarining ushbu sud jarayonida qatnashishi ta`qiqlangan.
Atambaev olti million aholiga ega Qirg`izistonni 2011-2017 yillar oralig`ida boshqargan. U 2017 yilgi prezidentlik saylovlarda o`zining o`sha paytdagi ittifoqchisi bo`lgan bosh vazir Soronbay Jenbekovni qo`llab-quvvatlagan edi. Lekin ularning munosabatlari Jenbekov prezidentlikka kirishganidan bir necha oy o`tib yomonlashgan.
Avvalroq, Atambaev unga qarshi qo`yilgan barcha ayblovlarni rad etgan edi. Advokatning so`zlariga ko`ra juma kungi sud davomida Atambaev sudyaning hech qaysi savoliga javob bermagan.