AsosiyMadaniyat

Payariqdan tosh davriga oid ashyolar topildi

'Payariqdan tosh davriga oid ashyolar topildi'ning rasmi

Samarqand viloyati Payariq tumani Do`stlik mahallasi hududidagi Alamli qishlog`i fuqarosi Norpo`lat To`qboev murojaati yuzasidan Samarqand davlat universitetining arxeologiya kafedrasi mudiri Normahammad Xolmatov rahbarligida arxeologik guruh tashkil etildi.

Guruh a`zolari O`zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi arxeologik tadqiqodlar instituti katta ilmiy xodimi Azbiddin Xolmatov, magistrant Yo`ldoshxon Isaev belgilangan manzilda bo`lib, insoniyat tarixining tosh asriga oid to buyum topib olingan joyda tekshiruv ishlarini amalga oshirishdi. Bu haqda Zarnewz xabar berdi.

Natijada Alamli qishlog`idagi O`rta hovuz manzilida "Mezolit-neolit" yodgorligini aniqlashga erishildi. Ushbu hududda er sathidan 3 dona tosh buyum, ya`ni tosh o`zagi, qirg`ich qurol, qayroqtosh bo`lagi topildi. Shuningdek, makon joylashgan soy yon daralaridagi qoyatoshlarda o`yib chizilgan qadimiy rasmlar ham borligi aniqlandi.

Bundan ko`rinadiki, Payariq tumani erlari odamzod tomonidan tosh asridan buyon o`zlashtirilib kelingan. Kelgusida bu yodgorlik makonida qazilma ishlarini amalga oshirish, qoyatosh rasmlarini o`rganish, qo`shni soylarda ham arxeologik qidiruv ishlarini amalga oshirish maqsadga muvofiq.

Boshqa yangiliklar